AsosiyJamiyat

Andijondagi metan "zapravka"larda pul bilan navbatsiz kirituvchi "reketchi"lar paydo bo`ldi (video)

'Andijondagi metan "zapravka"larda pul bilan navbatsiz kirituvchi "reketchi"lar paydo bo`ldi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi metan "zapravka"larda pul bilan navbatsiz kirituvchi  "reketchi"lar paydo bo`lgani aytilgan video xabar tarqaldi.

Videoxabar yuzasidan Andijon viloyati, Oltinko`l tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv harakatlari olib borilgan.

Surishtiruv natijasida  “SIFATLI METAN GAZ” MChJ avtomobillarga gaz quyish shoxobchasiga navbatsiz kiritayotgan  shu tumanda yashovchi  2 nafar shaxslar K.O` va S.O.lar ekanligi aniqlangan.

Ushbu fuqarolarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183, 194-modda 1-qismi hamda 200-moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy tartibda ko`rib chiqishlik uchun Jinoyat ishlari bo`yicha Oltinko`l tuman sudiga yuborilgan.  

2022 yilning 12 dekabr kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Oltinko`l tuman sudi tomonidan K.O` va S.O.larga nisbatan to`plangan ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ish ko`rib chiqilib, ularga nisbatan 15 sutkadan ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

 

 

    Boshqa yangiliklar