Ayni paytda O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining yig`ilishi o`tkazilmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, yig`ilishda asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o`zgarishsiz qoldirish to`g`risida qaror qabul qilindi.
To`liq tafsilotlar bilan yaqin vaqtlarda e`lon qilinadi.
Eslatib o`tamiz, bundan avval, 21 aprel kuni Markaziy bank asosiy stavkani yillik 17 foiz darajasida o`zgarishsiz qoldirish to`g`risida qaror qabul qilingan edi. 2022 yil 9 iyunda esa Markaziy bank asosiy stavkani 1 foizga tushirib, 16 foiz etib belgilagan. 21 iyulda esa 15 foiz qilib belgilangan. 8 sentyabrda va 27 oktyabrda 15 foiz darajasida o`zgarishsiz qoldirilgan edi.






