AsosiySport

Qashqadaryo hokimi “Nasaf” futbol klubiga 500 mln. so`m taqdim etdi (video)

'Qashqadaryo hokimi “Nasaf” futbol klubiga 500 mln. so`m taqdim etdi (video)'ning rasmi

Qarshi shahrida “Nasaf” va “Sevinch” PFK jamoalarini joriy yilda qo`lga kiritgan yutuqlari bilan taqdirlash marosimi o`tkazildi.

Qayd etilishicha, joriy mavsum “Nasaf” futbol klubi tarixida o`chmas iz qoldirdi. “Ajdarlar” 2022 yilgi futbol mavsumida OChL guruh bosqichidan chiqib, pley-off yo`llanmasini qo`lga kiritdi. Coca-Cola Superligasida o`n birinchi bor bronza medallarini hamda uchinchi bor O`zbekiston Kubogini qo`lga kiritdi. “Nasaf” jamoasi OChL-2023 guruh bosqichida ham ishtirok etadi.

“Sevinch” ayollar jamoasi ham qisqa tanaffusdan so`ng o`z shohsupasiga qaytdi va oltin “dubl” qayd etdi. “Sevinch” jamoasi ham 2023 yilgi futbol mavsumida xalqaro maydonda to`p suradi.

Bugun har ikkala jamoamizni joriy futbol mavsumida qo`lga kiritgan yutuqlari e`tirof etildi. Viloyat hokimi "Nasaf" klubiga 500 million so`m taqdim etdi. 

Boshqa yangiliklar