Qirg`iziston parlament spikeri Nurlan Shakiev yig`ilishda tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vaziri Dinara Qutmanovaga rus tilida ma`ruza o`qishga ruxsat bermadi.
Vazir Qutmanova nutqini rus tilida boshladi. Biroq parlament spikeri vazirni to`xtatib, undan davlat tili — qirg`iz tilida gapirishni talab qildi.Majbur bo`lgan Dinara Qutmanova ma`ruzasini qirg`iz tilida davom ettirdi.
Vazirning nutqidan so`ng qirg`izistonlik deputatlardan biri parlament spikerining bu talabi Konstitusiyaga zid ekanligini aytgan. Ma`lum bo`lishicha Qig`iz Konstitusiyasida rus tili rasmiy til etib belgilangan.
"Agar faqat qirg`iz tilida hisobot tinglamoqchi bo`lsangiz, Konstitusiyani o`zgartirishingiz kerak”, — deb taklif qilgan deputat.






