AsosiyJamiyat

Buxorodagi to`y kortejida yuk mashinalari ham qatnashdi (video)

'Buxorodagi to`y kortejida yuk mashinalari ham qatnashdi (video)'ning rasmi

Buxorodagi to`y kortejida yuk avtomashinalari ishtirok etdi. Videoda  yuk avtomashinalari serqatnov yo`lni to`sib, boshqa avtomashinalarga xalaqit qilib, qaltis harakatlar bilan boshqarilayotganligini ko`rish mumkin.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, qoidabuzarlik Buxoro viloyatining Buxoro tumanida o`tuvchi xalqaro ahamiyatga ega yo`lda sodir etilgan. Aka-ukalar kenja ukasining to`yidan yorqin xotira qolishini istab, yuk mashinalarida guruh-guruh bo`lgan to`y kortejiga qo`shilgan holatda yo`l harakati qoidalarini buzishgan. 

"Noto`g`ri ish qilyapmiz deb o`ylamagandim. Biz furachimiz, ukamiz ham furachi. Boshqalar biz qilgan xatoni takrorlamasliklarini maslahat beramiz", dedi qoidabuzar haydovchi.

Qoidabuzar haydovchilarga nisbatan tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar