AsosiyJamiyat

Axborot kodeksi loyihasi muhokamaga qo`yildi

'Axborot kodeksi loyihasi muhokamaga qo`yildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasining Axborot kodeksi loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi. 

Kodeks loyihasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022–2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug`lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ga asosan ishlab chiqilgan.

Ta`kidlanishicha, AOKA hamda mutaxassislar tomonidan tayyorlangan ushbu kodeksda axborot sohasiga taalluqli sakkizta qonunning mavjud normalari o`zaro tizimlashtirilgan holda unifikasiya qilinmoqda.   

"Mazkur Qonun hamda Kodeks loyihasi bo`yicha bildirilgan fikrlar Agentlik tomonidan sinchkovlik bilan o`rganiladi va inobatga olinadi. Shu bois axborot sohasi vakillari, shu jumladan, OAV xodimlari, jurnalist va blogerlarni muhokamalar jarayonida faol ishtirok etishga chaqiramiz", deyiladi AOKA xabarida.

Ushbu loyiha blogerlar tomonidan muhokamalarga sabab bo`lishga ulgurdi. 

Xususan, yurist va bloger Bahodir Ahmedov kodeksning 8-moddasiga e`tibor qaratdi.

"8-modda: Axborotning haqqoniyligi

Axborot aniq va haqqoniy bo`lishi kerak.

Axborotni buzib talqin etish va soxtalashtirish taqiqlanadi.

Ommaviy axborot vositalari, axborot tarqatuvchilar, blogerlar o`zlari tarqatayotgan axborotning haqqoniy emasligi uchun axborot manbai va muallifi bilan birgalikda qonunda belgilangan tartibda javobgar bo`ladilar".

 

Yuristning fikricha, axborot berishda vositachi bo`lgan OAV yoki bloger hech qachon axborotning asl manbai bilan birgalikda javobgar bo`lmasligi kerak. 

"Har bir holatni xaqqoniy yoki to`g`ri ekanini qanday biladi ular? "Haqqoniy" degani nima o`zi?  

Qisqasi, loyiha bo`yicha baxoyim 1 ballga pasaydi uje", - deydi bloger.

 

Alimoff telegram kanalining qayd etishicha, aynan shu modda bilan har qanday blogerni, OAV ni sudlab sindirib yuborish mumkin. 

"Masalan, birorta OAV saytida material chiqdi, sen u saytga ishonasan, avtoriteti baland. Shunga tayanib yozsang, sen ham qamaqqa marhamat agar uni xabari yolg`on deb topilsa. Bo`mapti.

Jazolash ilk manbaaga nisbatan bo`lishi kerak. Hammada ham insayderlar yo`q mustaqil tasdiqlatib olish uchun. Xabarning yolg`onligi sud tomonidan isbotlangach, qolgan manbaalar bu xabarni o`chirib yuborish majburiyatini olishi kerak xolos, jazolanish kerakmas boshqa OAV ga tayanib yozgan mualliflar", - deydi bloger.

 

    Boshqa yangiliklar