AsosiyJamiyat

Toshkentda benzin va dizel yoqilg`isini xonadonida sotayotgan fuqarolar qo`lga tushdi

'Toshkentda benzin va dizel yoqilg`isini xonadonida sotayotgan fuqarolar qo`lga tushdi'ning rasmi

Toshkentdagi Mirzo Ulug`bek tumani, Oydin ko`chasi, 34-uyda yashovchi fuqaro A.S. tomonidan 300 dona 10 litr hajmdagi plastik idishlarda 2 995 litr dizel yonilg`isi hamda shu ko`chaning 26-uyida yashovchi fuqaro U.R. tomonidan 101 dona 10 litr hajmdagi plastik idishlarda  (80 donasi solyarka, 21 donasi avtobenzin) 800 litr dizel yonilg`isi va 200 litr avtobenzin saqlagan va ularni noqonuniy ravishda sotib kelayotganliklari aniqlangan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Bundan tashqari, Mirobod tumani, Amir Temur ko`chasi “Universal Bank” binosi oldida fuqarolar Sh.I va M.R.lar davlat raqami 10 S 415 Ya bo`lgan kichik yuk avtomashinasida 1 000 litr dizel yoqilg`isini qonunga hilof ravishda sotayotgan vaqtida ushlangan.

Hozirda ushbu holat bo`yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazmoqda.

    Boshqa yangiliklar