Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Yaponiyaning qurilish kompaniyalari o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan texnik stajyorlik dasturi asosida qurilish ishlariga nomzodlar ishga taklif etiladi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.
Nomzodlarga qo`yilgan talablar:
- Yapon tilini N5-N4 bilish darajada bilish;
- 18-30 yoshgacha bo`lgan erkaklar;
- Maktab, lisey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan bo`lishi;
- Sudlanmagan bo`lishi;
- Ish muddati 3 yildan 5 yilgacha.
Oylik maosh – 235 ming iena (soliq va boshqa ushlanmalar chegirilmagan holatda).
Chegirma va ushlanmalar turlari:
- Soliq ushlanmalari uchun: 20 ming iena;
- Turar joy uchun: 30 ming iena;
- Sug`urta uchun: 25 ming iena;
- Kommunal to`lovlar uchun: 10 ming iena.
Fuqarolar ikki marta o`tkaziladigan suhbat asosida ishga qabul qilinadi.
Birinchi suhbat 10 va 11 yanvar kunlari o`tkaziladi.
Oziq-ovqat xarajatlari o`z xohishiga ko`ra (uyda tayyorlash mumkin).
Ish vaqti: haftasiga 40 soat (qo`shimcha ish soatlari uchun alohida oshirilgan miqdorda to`lanadi).
Ish beruvchi tomonidan qoplanadigan xarajatlar:
- Aviachipta;
- Tayyorlov-moslashtirish muddati bir oy (oylik maosh 145 ming iena (soliq va boshqa ushlanmalar chegirilmagan holatda).






