AsosiyJinoyat

Angrenda 28,6 tonna ko`mirni noqonuniy sotmoqchi bo`lganlar aniqlandi

'Angrenda 28,6 tonna ko`mirni noqonuniy sotmoqchi bo`lganlar aniqlandi'ning rasmi

“Chinobod” MFY hududida “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi to`xtatib ko`zdan kechirilganda, fuqaro N.X. faoliyati tugatilgan “K.B.” MChJning soxta yuk xati asosida aholi uchun ajratilgan 28,6 tonna ko`mirni qayta sotish maqsadida olib ketayotganligi aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar