AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentning ayrim hududlarida elektr energiyasi vaqtinchalik to`xtatiladi

'Bugun Toshkentning ayrim hududlarida elektr energiyasi vaqtinchalik to`xtatiladi'ning rasmi

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali Matbuot xizmatining bergan xabariga ko`ra, bugun, 16 dekabr kuni soat 08:00 dan 17:00 gacha Yunusobod tumanining "Kulol-qorg`on" va "Bobodehqon" MFYlari hamda Yunusobod 12, 15 hamda 16-mavzelaridagi aholi yashash xonadonlarining elektr energiyasi ta`minotida uzilishlar kuzatiladi.

Tuman hududida joylashgan 110/35/10 kV bolgan yuqori kuchlanishli "Yunusobod" podstansiyasidan chiquvchi fider "Obod-1", "Obod-2"  uzatmasidan taminlanuvchi vaqtincha kotarib qoyilgan  yuqori kuchlanishli magistral havo elektr uzatish tarmogini ta]mirlash montaj ishlari olib boriladi. 

Shu sababli ushbu xududlardagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik to`xtatiladi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ  Toshkent shahar filiali mazkur ta`mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raydi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar