Toshkent viloyati Qibray tumani “Madaniyat” mahallasida yashovchi fuqaro Yu.X. o`z xonadonidagi Issiqxonani tabiiy gaz quvuriga o`g`rilik yo`li bilan yashirincha ulab, 592,1 ming kub tabiiy gazni noqonuniy iste`mol qilib kelgani aniqlandi.
Oqibatda davlat va jamiyat manfaatlariga 561,2 mln so`m zarar etkazganligi aniqlangan.
Shu kabi, Navoiy viloyati Qiziltepa tumani "G`oyibon" mahallasida yashovchi Z.S. tabiiy gaz tarmog`iga er ostidan rezina quvur orqali yashirin ulanib olib, davlat ro`yxatidan o`tmasdan metall eritish faoliyati bilan shug`ullanib kelib, davlat va jamiyat manfaatlariga 244,1 mln so`m zarar etkazganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik), 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






