Joriy yilning 11 oyida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali Soliq huquqbuzarligi haqida 134 451 ta murojaat kelib tushgan. Shundan:
- 122 856 tasi xarid cheki bermaslik;
- 5 672 tasi to`lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
- 473 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
- 5 450 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari bo`yicha.
Murojaatlar asosida 69 102 ta sayyor soliq tekshiruvi o`tkazilib, 98% holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.
O`tkazilgan sayyor soliq tekshiruvlari materiallari ko`rib chiqilgan 58 170 ta tadbirkorlik subektiga 209,7 mlrd so`m miqdorida moliyaviy jarimalar qo`llanilib, ularni 55 260 tasidan 203,9 mlrd so`m jarima undirildi.
Natijada, 50 554 xolat bo`yicha xabar bergan fuqarolarga (undirilgan jarima summasidan 20%) 33,2 mlrd so`m mukofot to`langan.
Murojaatlarning 65 349 tasi takroriy bo`lganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik sub`ektida tekshiruv davom etayotganligi uchun qaytarilgan, deyiladi xabarda.
16.12.2022 11:28
Soliq huquqbuzarliklari haqida 11 oyda 134 mingdan ortiq murojaat...






