Dekabr oyining boshida ob-havoni belgilagan sovuq antisiklon mamlakatni tark etdi.Nihoyat hududga iliq havo massalari kirib keldi, havo harorati keskin ko`tarildi, qor butunlay erib ketdi.
"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun ushbu holat saqlanib turadi, O`zbekiston bo`yicha quyoshli va iliq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Toshkent viloyatida ba`zi joylarda shamol
15-20 m/s gacha kuchayadi. Kunduzi havo 9-14° iliqgacha, ba`zi joylarda 16-18° iliqgacha isiydi, bu o`rtacha ko`p yillik qiymatlardan 4-5° yuqoridir.
Dam olish kunlari O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, ammo harorat foni biroz pasayadi. Havo harorati kechalari 3o sovuq-2o iliqni, kunduzi shanba kuni 7-12o iliqni, yakshanba kuni 5-10o iliqni tashkil etadi va ushbu kunlarning me`yoriy qiymatlariga yaqin bo`ladi.
Respublika bo`yicha ba`zi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.






