AsosiyJamiyat

Xorazmda "Lacetti"ning mast haydovchisi 35 yoshli yo`lovchini urib yubordi. Oqibatda...

'Xorazmda "Lacetti"ning mast haydovchisi 35 yoshli yo`lovchini urib yubordi. Oqibatda...'ning rasmi

Xorazm viloyatining Qo`shko`pir tumanida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 13 dekabr kuni soat 13:00 larda Qo`shko`pir tumani Hayrobod qishlog`ida yashovchi 38 yoshli fuqaro "Lacetti" rusumli avtomobilni mast holatda katta tezlikda haydab ketayotib, boshqaruvni yo`qotgan. Oqibatda u yo`lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketib, yo`lning chekka qismida to`xtab turgan "Nexia"dan tushgan 35 yoshli fuqaroni urib yuborgan.

Oqibatda fuqaro olgan tan jarohati oqibatida tuman shifoxonasida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, mast haydovchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

    Boshqa yangiliklar