1

Shavkat Mirziyoev Suma Chakrabartini qabul qildi

Siyosat 17.12.2022, 08:43
Shavkat Mirziyoev Suma Chakrabartini qabul qildi

Shavkat Mirziyoev 16 dekabr kuni o`zining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo`yicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda O`zbekistondagi iqtisodiyot va boshqaruvni isloh qilish doirasida erishilgan natijalar va bu boradagi kelgusi rejalar ko`rib chiqildi.

Prezident muloqot davomida barcha muhim yo`nalishlardagi yangilanishlarga to`xtalar ekan, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini modernizasiya qilish va raqobatbardoshligini ta`minlash, davlat boshqaruvida transformasiya jarayonlarini shuningdek, raqamlashtirish va investision jozibadorlik borasidagi ishlarni davom ettirish muhimligini alohida ta`kidladi.

Shuningdek, Suma Chakrabarti dunyo iqtisodiyotidagi murakkab vaziyatda O`zbekiston tomonidan ko`rilayotgan samarali chora-tadbirlar iqtisodiy islohotlarning dinamikasini ta`minlayotganini ta`kidlab, bu sohadagi birgalikdagi sa`y-harakatlarni yangi bosqichda davom ettirishni qo`llab-quvvatladi.

Bundan tashqari, uchrashuvda kun tartibidagi boshqa muhim yo`nalishlar ham ko`rib chiqildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1