Hokim Lutfiddin Abdullaevning "Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta`minlash va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha ayrim Yakkabog` tumani hokimi yordamchilariga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo`llash to`g`risida" qarori qabul qilindi.
Qaror bilan tumandagi "Daryo", "Tatar", "Qayrag`och", "Esat", "Yangihayot", "Sandal", "Alako`ylak", "Paxtakor", "Jambul", "Shar-sharbog`ot", "Ishkent", "Mevazor", "Farovonlik", "Ayg`irko`l", "Cho`mich", "Obod", "G`ozliq" mahallalarining hokim yordamchilariga hayfsan intizomiy jazo chorasi qo`llanilgan.
Bunga sabab qilib "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromad manbaini kengaytirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi qarorda belgilab berilgan vazifalar lozim darajada bajarilmaganligi ko`rsatilgan.






