AsosiyDunyo

Bugun tongda KXDR Yaponiyaga ikkita ballistik raketa uchirdi

'Bugun tongda KXDR Yaponiyaga ikkita ballistik raketa uchirdi'ning rasmi

Bugun, 18 dekabr kuni KXDR Yapon dengizi tomonga ikkita ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Yaponiya qirg`oq qo`riqlash xizmati ma`lum qildi, deya xabar bermoqda "Zamon.uz".

Raketalar 25 daqiqa interval bilan uchirilgan. Ularning har ikkisi ham dengizga qulagani aytilmoqda.

Yapon qo`riqlash kemalari mintaqada bo`lib turgan kemalar raketa qoldiqlarini ko`rgan taqdirda darhol rasmiylar bilan bog`lanishni so`ragan.

Bosh vazir Fumio Kisida devonxonasi qoshida ma`lumotlarni to`plash va tahlil qilish shtabi ish boshlagan. Yaponiya mudofaa vazirligi ham hodisani o`rganmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar