1

Mutaxassis: dori allergiyasi inson hayotiga zomin bo`lishi mumkin

Salomatlik 18.12.2022, 15:43
Mutaxassis: dori allergiyasi inson hayotiga zomin bo`lishi mumkin

❗️Dori allergiyasi inson hayotiga zomin bo`lishi mumkin

Ilmira Razikova,
Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori: 

— Dori allergiyasi to`satdan boshlanib, inson hayotini jiddiy xavf ostida qoldiradi. Xususan, Layella sindromi, avvalo, teri qatlami va shilliq qavatlarni zararlaydi. Bemorlarning butun badanini toshmalar qoplaydi. 

📌 Kasallikning ilk bosqichi ko`zlarning achishishi, bosh, mushak va teridagi og`riqlar, tana harorati ko`tarilishi, holsizlik kabi belgilar bilan boshlanadi. 

🩺 Ikkinchi bosqichda yuz, oyoq va qo`llarda og`riq beruvchi qizil toshmalar paydo bo`lib, ular bora-bora ko`k-kulrang tusdagi qabariqchalar shakliga kiradi. 

🔎 Uchinchi bosqichda tana bo`ylab pufakchalar hosil bo`ladi. So`ng ular yorilib, jarohatlar yuzaga keladi. Bu bosqichda og`riqlar kuchayadi. Badan terisi ikkinchi yoki uchinchi darajali termal kuyish ko`rinishiga o`tadi. Xastalik og`iz bo`shlig`i, ko`z kon`yunktivasi, jinsiy a`zolar, nafas olish va ovqat hazm qilish a`zolariga ham salbiy ta`sir ko`rsatadi. 

♨️ To`rtinchi bosqichda bemorda tashnalik, bosh og`rig`i, uyquchanlik, xotira susayishi kuchayadi. 

🕰 Xastalikning eng og`ir shaklida alomatlar 3-4 soat ichida rivojlanib, toshmalar tananing 80-90 qismini egallaydi. Bundan ichki organlar ham zararlanib, miya faoliyati buziladi. Bemorlarning 95 foizi ana shu ilk belgilar boshlanganidan so`ng bir necha kun o`tib hayotdan ko`z yumadi. 

📈 Layella sindromining o`tkir shaklida jarayon birmuncha sekinroq kechadi. Bora-bora yurak, jigar, o`pka va buyraklar ishdan chiqib, taxminan 15-20 kundan keyin bemorlarning 60 foizi vafot etadi. 

💉 Kasallikning oddiy shaklida toshmalar tananing 50 foizdan kamroq qismini qoplaydi va 1-2 oy o`tib, organizm tiklanadi. 

Sog`liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

@

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1