FIFA milliy terma jamoalar reytingini e`lon qildi.
Mazkur reytingda O`zbekiston terma jamoasi 77-o`ringa loyiq ko`rildi.
Braziliya JCh-2022 yakunida FIFA reytingidagi birinchi o`rnini saqlab qoldi.
Braziliyaliklar chorak final bosqichida Xorvatiya terma jamoasiga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini yakunlagan edi.
JCh-2022 g`olibi Argentina terma bir pog`onaga yuqorilab, FIFA reytingida ikkinchi o`rinni egallab turibdi.
Belgiya esa ikki pog`onaga tushib ketdi. Angliya beshinchi o`rinda qoldi, Niderlandiya esa ikki pog`ona yuqorilab, oltinchi o`ringa ko`tarildi.
Xorvatiya besh pog`ona yuqorilab, 12-o`rindan ettinchi o`ringa ko`tarildi. Italiya ikki pog`ona pastlab, sakkizinchi o`ringa tushib ketdi. Portugaliya to`qqizinchi o`rinda qoldi, Ispaniya esa uch pog`ona pastladi.
Marokash va Avstraliya reytingda 11 pog`onaga ko`tarilib, o`zlarining eng yaxshi ko`rsatkichlariga erishdi.
FIFA reytingi quyidagicha ko`rinish oldi (TOP-20):
1. Braziliya;
2. Argentina;
3. Fransiya;
4. Belgiya;
5. Angliya;
6. Niderlandiya;
7. Xorvatiya;
8. Italiya;
9. Portugaliya;
10. Ispaniya;
11. Marokko;
12. Shveysariya;
13. AQSh;
14. Germaniya;
15. Meksika;
16. Urugvay;
17. Kolumbiya;
18. Daniya;
19. Senegal;
20. Yaponiya.