AsosiyJamiyat

​Shifokor SOVID-19'ga qarshi vaksina olish nega hamon muhim ekani haqida tushuntirish berdi

'​Shifokor SOVID-19'ga qarshi vaksina olish nega hamon muhim ekani haqida tushuntirish berdi'ning rasmi

So`nggi oylarda dunyoda koronavirus pandemiyasining yangi to`lqini avj olgan. Yurtimizda ham kuz oylariga nisbatan kasallanishlar soni hozir birmuncha yuqori. Shu bois mutaxassislar COVID-19ga qarshi emlanish hamon dolzarb ekanligini ta`kidlaydi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Hilola Jamilova, oliy toifali shifokor:

— Vaksinalar organizmning tabiiy immuniteti bilan birlashib, himoya tizimini hosil qiladi. Bu mustahkam “qalqon” kasallanish xavfini keskin kamaytiradi. 

 Vaksina inson tanasiga yuborilgach, organizmning bunga javob reaksiyasi boshlanadi. Ya`ni immunitet tizimi tanaga kirgan “agent”, ya`ni virus yoki bakteriyani aniqlaydi va so`ng antitanalar ishlab chiqarishga kirishadi. 

 Antitanalar — kasallik bilan kurashuvchi tabiiy oqsillar. Ular xastalikni qanday jilovlash kerakligini eslab qoladi.  Agar inson kelgusida mikrob ta`siriga qayta uchrasa va o`zida kasallik alomatlarini his qilsa, immunitet tizimi uni tezda yo`q qilishga kirishadi.

Bir so`z bilan aytganda, vaksina tanada infeksiyaga qarshi immunitetni ishlab chiqishga ko`mak beruvchi xavfsiz va samarali vositadir. 

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti xulosasiga ko`ra, jamoaviy immunitet to`liq shakllanmay turib, ushbu xavfli kasallikka barham berish imkonsiz. Buning uchun esa butun dunyo aholisining kamida 70 foizi to`liq bosqichda emlanishi zarur.
 

    Boshqa yangiliklar