Prezident Murojaatnomaga yakun yasar ekan, unda aytilgan vazifalarni dunyodagi hozirgi murakkab sharoitda amalga oshirish oson bo`lmasligini qayd etdi.
"Lekin biz o`tgan davrda katta bilim va tajriba to`pladik. Eng muhimi, o`z kuch va imkoniyatlarimizga bo`lgan ishonchimiz tobora ortib bormoqda.
Shu bois, qanchalik qiyin bo`lmasin, tanlagan yo`limizdan hech qachon ortga qaytmaymiz. Ko`zlagan marralarimizga albatta etamiz.
Bu yo`lda niyati ulug`, qalbi pok, mehnatkash xalqimizga tayanamiz. Bir tanu bir jon bo`lib harakat qilsak, men ishonaman, el-yurtimiz intilayotgan Yangi O`zbekistonni albatta barchamiz birgalikda bunyod etamiz".
Prezident so`zining yakunida yig`ilganlarni, butun xalqimizni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin qalbdan samimiy tabriklab, sihat-salomatlik, fayzu baraka, oilaviy baxt tiladi.
20.12.2022 12:51
Shavkat Mirziyoev: "Qanchalik qiyin bo`lmasin, tanlagan yo`limizdan hech qachon ortga qaytmaymiz"






