Joriy yil 19 dekabr ertalabki soat 08:00 dan 20 dekabr 08:00 gacha Sog`liqni saqlash vazirligida tashkil etilgan Shtabga quyidagi ma`lumotlar kelib tushdi.
“103” xizmati:
2 754 ta tibbiyot brigadasi faoliyat ko`rsatdi.
“Tez yordam”ga 43 460 ta chaqiriq kelib tushdi.
Eng ko`p chaqiriqlar:
Farg`ona viloyati — 5 190 ta
Andijon viloyati — 4 803 ta
Namangan viloyati — 4 492 ta
Toshkent shahri — 4 383 ta
Yurtimiz bo`yicha “103” xizmati orqali shifoxonaga yotqizilgan bemorlar soni:
kattalar — 2 546 nafar
bolalar — 999 nafar
Shu vaqt davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va filiallariga 2 988 ta murojat kelib tushdi.
Gospitalizasiya qilingan bemorlar — 1081 nafar.
Sutka davomida tug`uruqlar soni:
jami 2 554 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Ulardan:
1 354 nafari — o`g`il;
1 200 nafari — qiz;
23 nafari — egizak.
Eng ko`p tug`uruq qayd etilgan hududlar:
Farg`ona viloyati — 281 nafar
Samarqand viloyati — 273 nafar
Qashqadaryo viloyati — 272 nafar
Andijon viloyati — 231 nafar
Surxondaryo viloyati — 227 nafar.






