Chuvashiyada Urengoy–Pomari–Ujgorod magistral gaz quvurida portlash sodir bo`ldi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, uch kishi halok bo`lgan, bir kishi jarohat olgan. “Gazprom Transgaz Nijniy Novgorod” vaziyatga hozircha izoh bermadi.
Chuvashiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi portlash respublikaning Vurnar viloyatida erosti quvuridan gaz sizib chiqishi tufayli sodir bo`lganini ma`lum qildi. Hozirda yong`in bartaraf etilgan.
Gaz quvuri 1980 yillar boshida qurilgan Rossiyaning eksport gaz quvuri hisoblanadi. U G`arbiy Sibirdan Evropaga gaz tashiydi. Gaz quvuri Rossiya–Ukraina chegarasidan Kursk viloyatidagi Sudja GIS hududidan o`tadi. TASS nashriga ko`ra, portlash haqidagi xabarlardan so`ng Evropada gaz narxi kubometri uchun 1200 dollargacha ko`tarilgan.