AsosiySport

Nodirbek Abdusattorov shaxmat bo`yicha Bakuda o`tkazilayotgan nufuzli turnirda g`olib bo`ldi

'Nodirbek Abdusattorov shaxmat bo`yicha Bakuda o`tkazilayotgan nufuzli turnirda g`olib bo`ldi'ning rasmi

Ma`lumki, Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida Vugar Gashimov xotirasiga bag`ishlab o`tkazilayotgan an`anaviy shaxmat musobaqasi davom etmoqda.

Musobaqaning rapid yo`nalishida  amaldagi jahon chempioni, Butunjahon shaxmat olimpiadasi g`olibi Nodirbek Abdusattorov bugungi bahslarda turnir chempioniga aylandi.  

Nodirbek uchinchi kun dasturida 1 g`alaba va 2 durang natija qayd etdi va 14 ochko bilan xalqaro xotira turniri g`olibligini qo`lga kiritdi.

Abdusattorov 7-turda eng yaqin ta`qibchisi ozarbayjonlik Rauf Mamedovni mag`lubiyatga uchratdi. Ruminiyalik Richard Rapport hamda so`nggi turda hindistonlik Gukesh bilan durangga rozi bo`ldi.  

Yakunda 9 partiyadan 5 tasida g`alaba, 4 tasida durang o`ynab, musobaqani mag`lubiyasiz yakunladi.

Ertadan shaxmatchilar blis yo`nalishida musobaqani boshlashadi.

Hamyurtimiz ishtirokidagi bugungi o`yinlar:

7-tur. Nodirbek Abdusattorov - Rauf Mamedov (Ozarbayjon) 1:0

8-tur. Nodirbek Abdusattorov - Richard Papport (Ruminiya) 0,5:0,5

9-tur. Gukesh (Hindiston) - Nodirbek Abdusattorov 0,5:0,5

Yakuniy turnir jadvali: Nodirbek Abdusattorov – 14 ochko, Valexo, Mamedov - 12, Van Xao - 10, Rapport, Mamed`yarov - 8, Gadimbeyli, Gukesh - 7, Shenklend, Suleymanli – 6.

    Boshqa yangiliklar