Jahon banki “Ukrainaning shoshilinch ehtiyojlari uchun” 610 mln dollar ajratadi. Bu haqda “zamon.uz” yozmoqda
Yordam paketi Xalqaro tiklanish va rivojlanish bankining Buyuk Britaniya kafilligi ostida 500 mln dollar kreditini ham o`z ichiga oladi. Bu mablag` Ukraina hukumatining bolalar va oilalar uchun nafaqa, davlat ishchilari maoshlari va kommunal to`lovlarni qoplashiga sarflanadi.
Shuningdek, Jahon banki Ukrainani tibbiy xizmatni rivojlantirish va tiklash borasida ham qo`llab-quvvatlaydi. Dastlab moliyalashtirish Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (105 mln dollar) va Global moliyalashtirish fondi (10 mln dollar) evaziga bo`ladi. Jahon banki keyinchalik moliyalashtirish 500 mln dollarga etishini kutmoqda.
Ukrainadagi mojaro boshidan beri Jahon banki ukrainaliklarni qo`llab-quvvatlashga 18 mlrd dollar ajratishni rejalashtirgan, shundan 15 milliardi ajratib bo`lingan.






