AsosiyJamiyat

Buxoroda 900 dollarga baholangan "prava" savdosi "pishmay qoldi"...

'Buxoroda 900 dollarga baholangan "prava" savdosi "pishmay qoldi"...'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar S.A. va M.M. 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo`lib o`tadigan imtihondan o`tkazib qo`yishi evaziga joriy yilning noyabr oyida 700 AQSh dollarini olib, yana 200 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar