Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari" 2023 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida"gi qonun loyihasini ko`rib chiqishdi.
Majlisda bosh moliyaviy hujjat loyihasi muhokama qilinib, parlament vakillarining bergan savollariga Moliya vaziri Timur Ishmetov, tegishli vazirlik va idoralarning mas`ullari atroflicha javob qaytardi.
Qizg`in davom etgan muhokamalar, savol-javoblardan so`ng qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuboriladigan bo`ldi.






