22 dekabr kuni Qirg`iziston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati Qirg`iziston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi.
Xabarda aytilishicha, vazirlik qirg`izistonliklarning Tojikistonga kirishini cheklash choralari davom etayotganini eslatgan.
Shu munosabat bilan Tashqi ishlar vazirligi qirg`iz xalqidan Tojikistonga har qanday sayohatlardan tiyilishni yoki Tojikiston orqali tranzit yo`nalishini o`tkazishni so`radi.
Ma`lumot uchun, avvalroq qo`shni Tojikistonda “noma`lum virus” tarqalayotgani haqida xabar bergan edik.






