AsosiySport

JCh-2022 finalidan so`ng ruxsatsiz maydonga tushgan mashhur oshpaz Nusretga chora ko`riladi

'JCh-2022 finalidan so`ng ruxsatsiz maydonga tushgan mashhur oshpaz Nusretga chora ko`riladi'ning rasmi

Gap shundaki, Argentina finalda Fransiya ustidan g`alaba qilgandan so`ng turk oshpazi Nusret maydonga tushgan va jahon kubogi bilan suratlar qilgan.

Oshpazning xatti-harakati ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo`ldi.

“FIFA marosim tugaganidan so`ng shaxslar maydonga ruxsatsiz kirishga erishganini aniqladi. Ichki choralar ko`riladi”, deyiladi tashkilot bayonotida.

️FIFA qoidalariga ko`ra, kubokni faqat turli yillardagi jahon chempionatlari g`oliblari, shuningdek, davlat rahbarlari va tashkilot prezidenti qo`llarida ushlab turishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar