AsosiySport

"Fransiya, yig`lashni bas qil" — Argentinada fransuzlarga javoban petisiya boshlandi

'"Fransiya, yig`lashni bas qil" — Argentinada fransuzlarga javoban petisiya boshlandi'ning rasmi

Argentinaliklar "Fransiya, yig`lashni bas qil" petisiyasini boshlab yuborishdi. Bu haqda "Tribuna.uz" xabar bermoqda.

Ayni paytda petisiyani 250 mingdan ortiq kishi imzolagan. Bu 2022 yilgi jahon chempionati finalini qayta o`tkazishni talab qilgan fransuzlarning petisiyasiga argentinaliklarning javobidir.

"Jahon chempionati finalidagi g`alabamizdan keyin fransuzlar yig`lashdan, nolishdan to`xtashmayapti va Argentina jahon chempioni ekanligini tan olishmayapti.

Bu petisiya fransuzlar yig`lashni bas qilishlari va Messi futbol tarixidagi eng zo`ri, Mbappe esa uning o`g`lidek ekanligini qabul qilishlari uchun", — deyiladi matnda.

    Boshqa yangiliklar