AsosiyDunyo

Qozog`iston Ukraina tibbiyot muassasalari uchun 41 ta kuchli generator jo`natdi

'Qozog`iston Ukraina tibbiyot muassasalari uchun 41 ta kuchli generator jo`natdi'ning rasmi

Bu haqda Ukraina sog`liqni saqlash vazirligi Facebook'da ma`lum qildi, deb xabar beradi “Ukrinform”.

Biz qardosh Qozog`iston xalqidan ajoyib Rojdestvo sovg`asi oldik: tibbiyot muassasalarimiz uchun 41 ta kuchli generator”, — deyiladi xabarda.

Ta`kidlanishicha, generatorlar rus tajovuzkorlari hujumi ostida bo`lgan viloyatlarga - Nikolaev, Dnepropetrovsk, Xarkovga etkaziladi.

"Har bir generator operasiya xonalari, reanimasiya bo`limlari va kislorod stansiyalarining uzluksiz ishlashining kafolatidir", deb ta`kidladi  mamlakat sog`liqni saqlash vaziri Viktor Lyashko.

Generatorlar partiyasi deputat Sergey Nagornyak raisligidagi “Ukraina-Qozog`iston” parlamentlararo do`stlik guruhi sa`y-harakati bilan etkazib berildi.

“Ukrinform” ma`lumotlariga ko`ra, Rossiyaning energetika infratuzilmasi ob`ektlariga qaratilgan hujumlari fonida Evropa Ittifoqi davlatlari tomonidan  2022 yilda Ukrainaga mingdan ortiq elektr generatorlarini berilgan.

    Boshqa yangiliklar