AsosiyJamiyat

"Lavozimi teng joyga va lavozimidan pastga ishga o`tayotganlar uchun tanlov bo`lmaydi". Mutaxassis yangi tartib bo`yicha tushintirish berdi

'"Lavozimi teng joyga va lavozimidan pastga ishga o`tayotganlar uchun tanlov bo`lmaydi". Mutaxassis yangi tartib bo`yicha tushintirish berdi'ning rasmi

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o`rinbosari Otabek Xasanov yangi tartib bo`yicha tushintirish berdi. 

"Bizga savol bilan murojaat qilishyapti, men boshqarma boshlig`i lavozimida ishlab kelyapman, boshqa joyga yana tanlovdan o`tib ishga joylashamanmi deb. Yo`q. Agar yangi joydagi teng lavozimga davlat xizmatchisi tavsiya qilinayotgan bo`lsa, bu rotasiya shaklida bo`ladi va u tanlovdan o`tmaydi. Shuning uchun, biz vacancy.argos.uz portalida vaqtinchalik tanlovlarni e`lon qilishni 15-20 yanvarga qadar to`xtatdik.  

Tegishli tashkilotlar bilan shtatlarni qayta ko`rib chiqqanimizdan so`ng, qaerda ochiq joy qolgan bo`lsa, keyin tanlovlarni e`lon qilamiz. Odamlarni ikki marta ovora qilmasligimiz kerak. Lavozimi teng joyga va lavozimidan pastga ishga o`tayotganlar uchun tanlov bo`lmaydi (https://telegra.ph/Lavozimi-teng-zhojga-va-lavozimidan-pastga-ishga-%D1%9Etayotganlar-uchun-tanlov-b%D1%9Elmajdi-12-26).

Adliya vazirligi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi 1 oy muddatda qaysi vazirlikda, qaysi lavozimlar majburiy bo`lishini belgilab beradi. Qolganlari bo`yicha vazirlikning o`ziga vakolat berilmoqda.

Oldin yangi vazir kelsa, ko`pchilikni ishdan bo`shatvorib, o`zining jamoasini tuzardi. Endi unday bo`lmaydi. Qonunda davlat xizmatchisiga kafolatlar berib qo`yilgan.

Hozirda ichki tanlov va tashqi tanlov e`lon qilyapmiz. Tanlovdan kim o`tsa, o`sha ishga kiradi. Bu jarayonlarning adolatli bo`lishiga esa, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va boshqa tashkilotlar javob beradi. Yangi strukturaning bo`sh qolgan joylariga ishga qabul qilish ochiq tanlov asosida bo`ladi",–dedi mutaxassis.

    Boshqa yangiliklar