AsosiyDunyo

Afg`oniston shimoli-sharqida portlash sodir bo`ldi. Qurbonlar orasida Badaxshon viloyati xavfsizlik xizmati rahbari ham bor

'Afg`oniston shimoli-sharqida portlash sodir bo`ldi. Qurbonlar orasida Badaxshon viloyati xavfsizlik xizmati rahbari ham bor'ning rasmi

Bugun, 26 dekabr kuni Afg`oniston shimoli-sharqida joylashgan Badaxshon viloyatida xavfsizlik kuchlari shtab-kvartirasi yaqinida portlash sodir bo`ldi. 

Xabarda aytilishicha,  hodisa oqibatida uch kishi, jumladan, Badaxshon viloyati xavfsizlik xizmati rahbari halok bo`lgan. Ikki kishi yaralangan. 

Ma`lum qilinishicha, halok bo`lgan xavfsizlik xodimining shaxsiy avtomobiliga portlovchi moslama o`rnatilgan. 

“Portlovchi moddani afg`on xalqi dushmanlari mashina ichiga o`rnatgan, portlash Badaxshon polisiyasi bosh boshqarmasi binosi yaqinida sodir bo`lgan”, deydi “Tolibon” radikal harakati tomonidan tuzilgan muvaqqat hukumat Ichki ishlar vazirligi vakili Abdul Nafi Tahor ma`lum qildi

Tahor, shuningdek, polisiya voqeani uyushtirganlikda gumon qilingan to`rt kishini allaqachon hibsga olganini ma`lum qildi.  

    Boshqa yangiliklar