AsosiyDunyo

Xitoy xorijliklarga viza berishni soddalashtiradi

'Xitoy xorijliklarga viza berishni soddalashtiradi'ning rasmi

Xitoy ishchi, o`quv va turistik vizalarni berishni soddalashtiradi. Bu haqda mamlakat TIV ma`lumotlariga tayanib "Zamon.uz"  xabar bermoqda.

“Biz Xitoyga ishlab chiqarish faoliyatini davom ettirish, ishchi tashrif, o`qish uchun, qarindoshlarini ko`rish yoki oilasi bilan birlashish maqsadida kelishni rejalashtirgan xorij fuqarolariga viza berish tartibini osonlashtiramiz”, – deyiladi vazirlik saytida e`lon qilingan axborotda.

Aniqlik kiritilishicha, viza berish tartibini soddalashtirish bilan birga davlat chegaralaridan o`tish soddalashtiriladi. Bundan tashqari, pandemiyagacha bo`lgan davrdagi yuk tashish ko`rsatkichini qayta tiklash ham rejalashtirilgan.

Hukumat xalqaro turistlar oqimini ham bosqichma-bosqich oshirib bormoqchi.

Xitoy dekabr boshida koronavirus cheklovlarini yumshatdi. Buning ortidan mamlakatda COVID-19bilan kasallanish holatlari ko`paydi. Tibbiyot xodimlarining so`zlariga ko`ra, bu koronavirusning turli kuchsizlangan shtammlari hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar