Markaziy bank aholini ijtimoiy tarmoqlardagi sohta kanallar hamda veb-sahifalardagi e`lonlardan ogoh etmoqda.
Qayd etilishicha, internet tarmog`i hamda ijtimoy tarmoqlarda ko`rinishidan banklar, to`lov tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning rasmiy saytiga o`xshash sohta veb-sahifalar va ularning nomi bilan ochilgan turli sohta kanallarning soni ortib bormoqda. Bugungi kunda ular orqali yangi yil bayrami munosabati bilan aksiyalar, qimmatbaho sovg`alar, davlat tomonidan beriladigan nafaqalar, kam foizli kreditlar va katta miqdordagi pul yutuqlari to`g`risidagi e`lonlar ko`paymoqda.
Ularning xaqiqiyligini rasmiy manbalardan tekshirmaslik, firibgarlarning aldoviga ishonib sohta veb-sayt va kanallarda shaxsiy ma`lumotlarni kiritish natijasida ayrim foydalanuvchilar o`zlarining plastik karta bilan bog`liq hamda bank yoki to`lov tashkilotlarining mobil ilovasi akkauntlari to`g`risidagi ma`lumotlarni, sir tutilishi lozim bo`lgan bir martalik tasdiqlash kodlarni oshkor etmoqda.
Firibgarlar yuqoridagi ma`lumotlarni qo`lga kiritsa, ulardan foydalanib mobil ilovalarni ruxsatsiz boshqarish xuquqiga ega bo`lishi mumkin.
Bunday nohush xolatlarning oldini olish maqsadida Markaziy bank ogohlantiradi:
- ️e`lonlardagi har qanday aksiyalar, pul yutuqlari va boshqa takliflarni tashkilotlarning rasmiy veb-sahifasidan qayta tekshiring;
- ️veb-sahifaning rasmiyligiga ishonch xosil qilmasdan ularga o`z shaxsiy ma`lumotlaringizni kiritmang;
- ️ijtimoiy tarmoqlar hamda messenjerlar orqali turli kanal va guruhlarda tarqatilayotgan, aksiya va yutuqli lotoreya o`yinlari to`g`risidagi reklamalar keltirilgan havolalarni tekshirmasdan turib ochmang;
- ️o`zingiz rasmiy ekanligiga ishonch xosil qilmagan veb-sahifalar havolalarini boshqalarga tarqatmang.






