AsosiyJamiyat

Toshkentga olib kelinadigan 1000 ta avtobus nimani hisobiga moliyalashtiriladi?

'Toshkentga olib kelinadigan 1000 ta avtobus nimani hisobiga moliyalashtiriladi?'ning rasmi

AOKAda o`tkazilgan brifingda «Toshshahartransxizmat»AJ axborot xizmati rahbari Muslima Obidova avtobus saroylarining haydovchilar bilan ta`minlanganlik darajasi, ularga qo`yilayotgan talablar va yaratilayotgan sharoitlar haqida ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilda 420 ta avtobus va elektrobuslar xarid qilinib, qatnovga qo`yilgan. Avtobuslar harakati va to`lovlar tizimi raqamlashtirilgan.

Ta`mirtalab avtobuslarni ta`milash, ehtiyot qismlar va moylash materiallarini ta`mirlash uchun Toshkent shahar hokimligi tomonidan 5,0 mlrd so`m mablag` ajratilgan.

21 dekabr ma`lumotiga ko`ra, yo`lovchilar soni va tushumlar mos ravishda 570 130 nafar hamda 629,2 mln so`mni tashkil etdi.

Bugungi kunda “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida 148 ta yo`nalish mavjud bo`lib, yo`lovchilar oqimining ko`payish prognozidan kelib chiqib, jamoat transportining 167 ta yo`nalishdan iborat yangi tarmog`i shakllantirildi. Bu yo`nalishlarni ta`minlash va Toshkent shahrida jamoat transportiga bo`lgan talabni to`liq qondirish uchun yana 1000 ta katta sig`imli avtobus zarur. Bu orqali avtobuslarning oraliq intervali 7-10 daqiqagacha qisqartiriladi.

Ta`kidlanishicha, ayni paytda Transport vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamkorlikda Toshkent shahar jamoat transportiga qo`shimcha 1000 ta katta sig`imli avtobuslarni olib kelish uchun moliyalashtirish manbasiga aniqlik kiritilmoqda.

    Boshqa yangiliklar