AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Qur`oni karimning 28 ta nodir qo`lyozmasidan iborat kolleksiya shakllantirildi

'O`zbekistonda Qur`oni karimning 28 ta nodir  qo`lyozmasidan iborat kolleksiya shakllantirildi'ning rasmi

Islom sivilizasiyasi markazi fondiga aholi va shaxsiy kolleksiyalardan 626 ta qo`lyozma va  985 ta toshbosma asarlar, jami 1611 ta manba qabul qilingan. Bu haqda AOKAda Islom sivilizasiyasi markazi rahbari va mutasaddilari ishtirokida o`tkazilayotgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Qayd etilishicha, Islom dini merosini saqlash, manbashunoslik va qo`lyozmalar bilan ishlash bo`yicha Respublika fondlarida saqlanayotgan 52 ming 255 ta (shundan 21 ming 670 ta qo`lyozma, 30 ming 585 ta toshbosma) qadimgi yozma manbalar to`g`risida ma`lumotlar bazasi yaratilgan.

Yil boshidan buyon ilmiy ahamiyatga ega bo`lgan 11 ta yozma manba tarjima qilini, chop etishga tayyorlangan.

Qur`oni karim bo`limi ekspozisiyasi uchun Qur`oni karimning 28 ta nodir  qo`lyozmasidan iborat kolleksiya shakllantirilgan.

Qatar milliy kutubxonasidan 2 ming 635 ta foto-hujjat, qo`lyozmalar, arxiv hujjatlari, Turkiya Respublikasi olimlari qo`lyozmalar kolleksiyasining ma`lumotlar bazasidan 70 mingdan ortiq, AQSh kongressi kutubxonasidan  558 ta ko`lyozma va foto-hujjatlar, «TurkTAV» fondidan 20 mingdan ziyod noyob kitoblar, Misrning «Al-Azhar» majmuasidan Alisher Navoiyga oid 5 dona, Kamoliddin Behzodga oid  6 dona elektron manbalar olindi.

 

    Boshqa yangiliklar