AsosiyJamiyat

O`zbekistonda og`ir jinoyat sodir etgan Abu Muaz laqabli fuqaro qidirilmoqda

'O`zbekistonda og`ir jinoyat sodir etgan Abu Muaz laqabli fuqaro qidirilmoqda'ning rasmi

1995 yil 8 mart kuni Sirdaryo viloyatida tug`ilgan O`ralov Muhammad Muhiddinovich (taxalluslari “Abu Muaz”, “Abu Muaz Shomiy”, “Abu Muaz O`zbekiy”) qidirilmoqda. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Alohida belgilari: bo`yi 175-180 sm, o`rtacha gavdali, dumaloq yuzli, qora sochli, peshonasi keng, qoshlari yoysimon, ko`zlari qora-qisiq, burun va quloqlari o`rtacha.

Ushbu shaxs O`zbekiston Respublikasi JKning 244(1) - va 244(2)-moddasida ko`rsatilgan jinoyatlarda gumonlanmoqda. U muqaddam Toshkent shahri Sergeli tumani 4-mavze "Sofdil" MFY 22-uyda yashagan.

U haqida biron bir ma`lumotga ega bo`lsangiz 712313232, 712314708, 712332130, 712313433 telefon raqamlari orqali xabar berishingizni so`raymiz, deyiladi xabarda.

Xabar bergan shaxsing ma`lumoti va shaxsi sir saqlanishi hamda rag`batlantirilishi kafolatlanishi aytilgan xabarda.

    Boshqa yangiliklar