AsosiyJamiyat

Qibrayda ayolning shaxsiy suratlarini tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan erkak ushlandi

'Qibrayda ayolning shaxsiy suratlarini tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan erkak ushlandi'ning rasmi

Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi ayolning shaxsiy suratlarini tarqatish bilan qo`rqitgan erkak daliliy ashyolar bilan ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, ayol Telegram orqali G`iyos ismli shaxs bilan tanishgan. Oradan biroz vaqt o`tib ushbu shaxs ayolning unga yuborgan surat va videolarini internet tarmoqlarida tarqatib yuborish bilan qo`rqitib, undan surat va videolarni tarqatmaslik evaziga 5 million so`m talab qilib kelgan.

Ushbu holat yuzasidan viloyat IIBB Jinoyat qidiruv bo`limi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda 1995 yilda tug`ilgan G`.X. (Qoraqalpog`iston Respublikasida yashovchi) ayoldan kelishilgan pulning 200 AQSh dollarini tovlamachilik yo`li bilan olayotgan vaqtida qo`lga olingan.

Ushlangan shaxsning qo`l telefoni o`rnatilgan tartibda tekshiruvdan o`tkazilganda, u yuqoridagi holat kabi, yana o`nga yaqin ayollar surat va videolari borligi va bu kabi ish bilan muntazam shug`ullanib kelganligi gumonlangan.

Hozirda holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar