AsosiyDunyo

Rossiyada o`zbekistonlik qizcha batareyka yutib yuborib vafot etdi

'Rossiyada o`zbekistonlik qizcha batareyka yutib yuborib vafot etdi'ning rasmi

Sankt-Peterburgning Filatov nomidagi 5-sonli bolalar shifoxonasida 2021 yilda tug`ilgan qizcha vafot etdi. 

Ma`lum qilinishicha, 4 dekabr kuni 2021 yilda tug`ilgan qiz “ichaklarida yot jism” tashxisi bilan og`ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. 25 dekabr kuni soat 14:25 da bemor vafot etgan. 

Ma`lumotlarga ko`ra, qizcha uch oy oldin kichik batareykani yutib yuborgan. Biroq, ota-onasi uni zudlik bilan shifokorga olib bormagan. Ehtimol ular yot jism tanadan o`z-o`zidan chiqib ketadi, deb o`ylagan bo`lishi mumkin. 

Shifokorlar so`zlariga ko`ra, aynan batareykalar, shuningdek, “neokub” magnit sharchalari bolalar tomonidan yutib yuboriladigan eng xavfli jismlar hisoblanadi. Batareykalar tanaga tushganidan keyin kimyoviy moddalarni chiqara boshlaydi, magnit sharchalar esa bir-biriga tortilib, ichak devorlarini teshib yuborishi mumkin. Har ikkala holatda ham shoshilinch operasiya talab etiladi. 

Qayd qilinishicha, qizchaning ota-onasi O`zbekiston fuqarolari hisoblanadi. Ota Rossiyada qonuniy ishlaydi, bolaning onasi rasman ro`yxatdan o`tmagan. Hozirda Tergov qo`mitasi surishtiruv bilan shug`ullanmoqda. 

    Boshqa yangiliklar