AsosiyJamiyat

Sirdaryodagi ko`prikda yorilish sodir bo`lgan (video)

'Sirdaryodagi ko`prikda yorilish sodir bo`lgan (video)'ning rasmi

Ijtimiy tarmoqlarda Sirdaryo tumanidagi ko`prikda yorilish sodir bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ma`lum qilinishicha, ushbu ko`prik 1976 yilda foydalanishga topshirilgan. Viloyat hokimligi Matbuot xizmatining xabariga ko`ra, M-34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo`lining 82-kilometrida joylashgan yo`l o`tkazgich ta`mirtalab holatga kelganligi bois, hozirda transport harakati qisman cheklangan.Termiz-Toshkent yo`nalishida harakati davom etmoqda.

Bugunning o`zida yo`l o`tkazgichda qurilish-montaj ishlari boshlangan. Shu sababli harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida Toshkent shahridan qo`shni viloyatlarga o`tish Sirdaryo tumanidagi aylanma yo`l (Xalqaro ahamiyatdagi M-39 “Toshkent — Termiz” avtomobil yo`lining 873-882 kilometri hamda davlat ahamiyatidagi 4R-29 “M-34 avtoyo`li — M-39 avtoyo`li — Qozog`iston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo`lining 0-7 kilometrdagi qismi) orqali amalga oshirilmoqda.

Barcha yo`nalishlarda YPX postlari tashkil qilinib, harakat xavfsizligi to`liq ta`minlangan.

 

    Boshqa yangiliklar