Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz faoliyati yo`lga qo`yildi.
Portalga 78 ta davlat organi va tashkiloti, 208 ta tuman (shahar) hokimligi ulangan bo`lib, ular tomonidan mavjud vakant lavozimlar uchun 140 mingdan ortiq tanlov e`lon qilindi.
Quyidagi eng ko`p tanlov o`tkazib, TOP-10 talikka kirgan vazirlik va idoralar bilan tanishishingiz mumkin:👇
- Yoshlar ishlari agentligi — 16 152 ta
- Davlat soliq qo`mitasi — 12 369 ta
- Oila va xotin-qizlar davlat qo`mitasi — 11 877 ta
- Moliya vazirligi — 9 573 ta
- Xalq ta`limi vazirligi — 7 100 ta
- Qishloq xo`jaligi vazirligi — 5 857 ta
- Maktabgacha ta`lim vazirligi — 5 542 ta
- Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi — 2 862 ta
- Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi — 2 568 ta
- Davlat statistika qo`mitasi — 2 506 ta






