AsosiyDunyo

Turkiyada terakt uyushtirmoqchi bo`lganlar ushlandi

'Turkiyada terakt uyushtirmoqchi bo`lganlar ushlandi'ning rasmi

Turkiyada “Erondan ko`rsatma” olib teraktga tayyorlagan besh nafar terrorchi mamlakat janubi-sharqida portlovchi moddalar bilan qo`lga tushdi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

“Operasiya chog`ida besh nafar terrorchi portlovchi moddalar bilan qo`lga olindi, ular Erondan terakt uyushtirish bo`yicha ko`rsatma olganlar”, — degan vazir.

Uning aytishicha, jinoyatchilar Afrin shahri orqali Turkiya hududiga kirgani haqida taxminlar bor.

Eslatib o`tamiz, 13 noyabr kuni Istanbul markazidagi piyodalar uchun mo`ljallangan «Istiqlol» ko`chasida portlash yuz berib, 6 kishi halok bo`lgandi va 81 kishi yaralangandi. Shundan so`ng terrorchilikda gumon qilingan shaxs qo`lga olingan va u Turkiyada taqiqlangan Kurdiston Ishchilar partiyasi (PKK) bilan aloqasi borligini tan olgan.

    Boshqa yangiliklar