Agar farzandingizga “Dok-1 Maks” siropini ichirgan bo`lsangiz... Mutasaddi ota-onalarga ko`rsatma berdi

Salomatlik 29.12.2022, 20:19
Agar farzandingizga “Dok-1 Maks” siropini ichirgan bo`lsangiz... Mutasaddi ota-onalarga ko`rsatma berdi

Bugun, 29 dekabr kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida bo`lib o`tgan brifingda Sog`liqni saqlash vazirligi Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig`i Sevara Ubaydullaeva bolasiga  “Dok-1 Maks” siropini ichirgan ota-onalarga ko`rsatma berdi.

“Agar farzandingizga “Dok-1 Maks” siropini ichirgan bo`lsangiz va bugungacha bolangizning holati yuzasidan hech qanday xavotirli shikoyatingiz bo`lmasa ham o`zingiz yashab turgan hududdagi oilaviy shifokorga yoki tez tibbiy yordamga murojaat qiling.

Bolangizdagi holatni shifokorlar to`liq o`rganib chiqishi kerak. Dori vositasining tarkibidagi zaharli moddaning organizmga qanchalik ta`sir qilish-qilmasligi va bola qabul qilgan dozaga bog`liqligi ham bugungi kunda tasdiqlanmoqda. Agar “Dok-1 Maks” vositasini qabul qilib, bugun bolangizning ahvoli yaxshi bo`lsa, shifokorlarga murojaat etganingizdan so`ng, ular buni to`liq nazoratga oladi.

“Sababi shuki, bu bolalarning organizmiga zaharli moddalar tushganidan so`ng kuzatilishi mumkin bo`lgan o`tkir buyrak etishmovchiligining og`ir holatlarini qayta tiklash qiyin bo`lishi mumkin. Zudlik bilan murojaat qilganinigizda bolalarni saqlab qolish imkoniyatini oshiradi”,– deya ta`kidladi Sog`liqni saqlash vazirligi mas`uli.

Eslatib o`tamiz, “Dok-1 Maks”ni fosh qilgan shifokorlar nega ishdan bo`shatilgani haqida xabar bergan edik.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1