AsosiyDunyo

Braziliyada futbol qiroli Pelening vafoti munosabati bilan 3 kunlik motam e`lon qilindi

'Braziliyada  futbol qiroli Pelening vafoti munosabati bilan 3 kunlik motam e`lon qilindi'ning rasmi

Braziliyada futbol qiroli Pelening vafoti munosabati bilan uch kunlik motam e`lon qilindi, deya yozmoqda TASSga tayanib "zamon.uz"

«Ushbu farmon elon qilingan kundan boshlab butun respublika hududida uch kunlik rasmiy motam e`lon qilindi. Bu sobiq futbolchi Edson Arantes du Nasimentu — Pelening o`limidan qayg`u belgisi sifatidadir», — deyiladi rasmiy xabarda.

Mashhur futbolchi Pele 82 yoshida vafot etdi. 1940 yil 23 oktyabrda Braziliyada tug`ilgan Edson Arantis du Nasimentu o`z muxlislariga Pele nomi bilan tanish.

U futbolchilik faoliyatida uch marta jahon chempionligini qo`lga kiritgan yagona futbolchi. Mashhur futbolchi anchadan beri saraton kasalligi bilan kurashib kelgan. Bu kasallik uning tanasida 2021 yilning kuzida aniqlangan.

Bir necha kun avval, uning ahvoli og`irlashgani va futbol afsonasi yaqinlari bilan xayrlashgani xabar qilingan edi. 

    Boshqa yangiliklar