AsosiySiyosat

Vazirlarga birinchi o`rinbosarlar tayinlandi

'Vazirlarga birinchi o`rinbosarlar tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan vazirlarga bir nechta birinchi o`rinbosarlar tayinlandi. Unga ko`ra: 

- Ulugbek Axmadovich Azamov O`zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirining birinchi o`rinbosari lavozimiga;

- Alisher Zafar o`g`li Sa`dullaev O`zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o`rinbosari – Yoshlar ishlari agentligi direktori lavozimiga;

- Sherzod Saidjanovich Xidoyatov O`zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirining birinchi o`rinbosari lavozimiga;

- Nozim Baxtiyorovich Xusanov O`zbekiston Respublikasi kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o`rinbosari lavozimiga;

- Agrippina Vasilevna Shin O`zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta`limi vazirining birinchi o`rinbosari lavozimiga;

- Narzullo Naimovich Oblomuradov O`zbekiston Respublikasi tabiat resurslari vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

 

    Boshqa yangiliklar