AsosiySport

Ronaldu Saudiyaga etib bordi

'Ronaldu Saudiyaga etib bordi'ning rasmi

Hujumchi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoniga uchib bordi va u erda bugun "An-Nasr" futbolchisi sifatida tanishtiriladi. Matbuot xizmati portugaliyalikning klub vakillari tomonidan o`tkazgan uchrashuvi suratlarini e`lon qildi.

Oldinroq 37 yoshli futbolchining taqdimoti 3 yanvar kuni "Mrsool Park" stadionida bo`lib o`tishi ma`lum bo`lgandi. Tadbirda 30 mingga yaqin tomoshabin ishtirok etadi.

2022 yilning dekabr oyi oxirida hujumchi “An-Nasr” bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Ronalduning so`nggi jamoasi "Manchester Yunayted" bo`lib, u jurnalist Pirs Morgan bilan shov-shuvli intervyudan so`ng uni tark etgandi.

    Boshqa yangiliklar