AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri uch turdan beri saylana olmayapti. Ovoz berish keyingi kunga qoldirildi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Spiker saylovi so`nggi yuz yildan buyon ilk marta bir tur bilan cheklanib qolmadi. Hozirda bu lavozimga uch nomzod da`vo qilmoqda: respublikachilardan Kevin Makkarti va Endryu Biggs, demokratlardan Hakim Jeffris. Makkarti birinchi turda 218 tadan 203 ta, Jeffris esa 212 ovoz oldi.
Oxirgi marta spiker birinchi turda 1923 yilda saylanmagandi. O`shanda vakildar palatasi 9 tur saylov o`tkazgan.
Shu kunga qadar palataga spikerlik qilib kelayotgan Nensi Pelosi lavozimga qayta saylanishdan bosh tortdi.






