AsosiySiyosat

Afg`onistonda qizlaring OTMda o`qishiga taqiq qo`yildi. O`zbekiston TIV bayonot bilan chiqdi

'Afg`onistonda qizlaring OTMda o`qishiga taqiq qo`yildi. O`zbekiston TIV bayonot bilan chiqdi'ning rasmi

Afg`onistonda xotin-qizlarning davlat va xususiy oliy o`quv yurtlarida ta`lim olishiga taqiq qo`yildi. Holat yuzasidan O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonoti e`lon qilindi.

“Afg`onistonda xotin-qizlarning davlat va xususiy oliy o`quv yurtlarida ta`lim olishiga taqiq qo`yilgani to`g`risidagi xabarni chuqur tashvish bilan qabul qildik.

Afg`on xalqining tinch va farovon kelajakni barpo etish yo`lidagi intilishlarini qo`llab-quvvatlashga qaratilgan qat`iyat belgisi sifatida ushbu qaror qayta ko`rib chiqilishiga umid qilamiz”, - deyiladi bayonotda.

 

    Boshqa yangiliklar