AsosiyMadaniyat

“O`zbek qizi” filmini tasvirga olish ishlari yakunlandi

'“O`zbek qizi” filmini tasvirga olish ishlari yakunlandi'ning rasmi

O`zbekiston va Belarus kinoijodkorlari hamkorligida “O`zbek qizi” badiiy filmini tasvirga olish ishlari nihoyasiga etdi. Ayni kunlarda mazkur filmni montaj ishlari boshlab yuborilgan, deb xabar bermoqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati.

“Sinema of Sentral Asia” kinostudiyasi tomonidan Akbar Bekturdiev rejissyorligida yaratilgan ushbu film o`zbek snayper qizining Ikkinchi jahon urushida ko`rsatgan jasorati va jang maydonlarida kechgan taqdiri haqida hikoya qiladi.

“O`zbek qizi” filmida rollarni aktyorlar Aysanem Yusupova, Feruza Saidova, Yigitali Mamajonov, Oleg Taktarov, Sergey Lapanisin, Milana Ivanova va boshqalar ijro etgan.

Postanovkachi operatorlar Husan Alijonov va Maksim Kurovskiy, postanovkachi rassomlar Akmal Saidov, Vitaliy Grigorevich, liboslar bo`yicha rassom Natalya Odinsova, grim ustasi Alyona Astapich, Galina Ivanova, kaskadyor Roman Korolev, postanovkachi rejissyor Akbar Bekturdiev, prodyuser Feruza Bekturdieva, bosh prodyuser Firdavs Abduxoliqov.

 

 

    Boshqa yangiliklar